» » Xitoyda Samsung Galaxy Note 7 uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi fabrika yonib ketdi

Xitoyda Samsung Galaxy Note 7 uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi fabrika yonib ketdi


“Portlovchi” Galaxy Note 7 smartfonlari uchun akkumulyator yetkazib beruvchi Samsung SDI kompaniyasi Xitoy shimolida joylashgan zavodda “kichik yong‘in” yuz berganini ma’lum qildi, deb yozadi TJournal. Alangani tezlikda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘t o‘chiruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, litiy-ionli akkumulyatorlar yonib ketgan. Samsung SDI vakili Shin Yun Du aytishicha, yong‘in chiqindilar omborxonasida yuzaga kelgan, fabrikaning ishlab chiqarish qismiga esa zarar yetmagan.

South China Morning Post ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inni 19 ta mashinadagi 110 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar bartaraf etgan, yong‘inda hech kim jabrlanmagan.

Samsung SDI “portlovchi” batareyalari tufayli qaytarib olingan Galaxy Note 7 smartfonlari uchun akkumulyator yetkazib beruvchi ikkita kompaniyadan biri bo‘lgan. Fabrikada telefonlar uchun akkumulyatorlarning 65 foizga yaqini tayyorlangan.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют