» » Samarqandda Xitoyning Shensi provinsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqandda Xitoyning Shensi provinsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi


Samarqand viloyati hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi vakillari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev mehmonlarni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi tomonidan mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, ikki davlat mintaqalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan aloqalar har tomonlama manfaatli va istiqbolli bo‘layotgani qayd etildi.

2013-yilda Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi o‘rtasida birodarlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda Shensi provinsiyasi Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida har yili birgalikda biznes-forumlar tashkil etiladi.

Shensi qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti jamiyati direktori Fang Shi Jing xitoylik tadbirkorlarning Samarqandga tashrifi shu paytgacha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishda muhim omil bo‘lishini qayd etdi.

Uchrashuvdan so‘ng Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xitoylik tadbirkorlarning muloqoti o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etilib, ishlab chiqarish va tovar ayirboshlash borasida kelishuvlarga erishildi. Shensi provinsiyasi va Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

– Biz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekistondan import qilish barobarida, soha subyektlariga mahsulotni qayta ishlovchi zamonaviy uskunalar yetkazib berishni ham rejalashtirganmiz, – deydi tadbirkor Fing Vey. – Bugungi uchrashuvlarimizda bu borada o‘zaro fikrlashib oldik. Mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qayta ishlashni tashkil etishga qiziqishi bizga manzur bo‘ldi.

Mehmonlar Samarqand davlat universiteti hududida Konfutsiy haykali o‘rnatilishi rejalashtirilgan xiyobon loyihasini ko‘zdan kechirdi.

Shensi provinsiyasi vakillarining Samarqandga tashrifi davomida viloyatdagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishuv hamda shahardagi tarixiy-madaniy obidalar ziyorati rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют