» » O‘zbekiston ilk marta og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk marta og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi


Joriy yilning 7—14-iyul kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada hozirga qadar jahonning 50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi ma’lum, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

Chempionat boshlanishi arafasida Toshkentda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi va navbatdagi kongressi ham bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilot prezidenti Tomash Ayyan ham ishtirok etadi. Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga esa “O‘zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston termasi Jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi.

Yigitlar:

Qizlar:

Qizlar terma jamoasi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini 13-iyun — 4-iyul kunlari Qozog‘istonda o‘tkazishi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Erkaklar terma jamoasi esa 17-iyun — 8-iyul kunlari Rossiyada tashkil qiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun 2013-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilgandi. Unda dunyoning 17 yoshgacha bo‘lgan eng sara polvonlari g‘oliblik uchun kurash olib borgan bo‘lsa, 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi Jahon chempionati O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют