» » Bashar Asad o‘zini “hayvon” deb atagan Donald Trampga javob qaytardi

Bashar Asad o‘zini “hayvon” deb atagan Donald Trampga javob qaytardi


Suriya prezidenti Bashar Asad Amerika pezidenti Donald Tramp kabi odamlarning fikri unga qiziq emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u RT telekanaliga bergan intervyusida so‘zlagan, deb xabar berdi “RBK”. Aprel oyida AQSh prezidenti suriyalik hamkasbini hayvon deb atagandi.

“Men bu kabi tilda so‘zlashmayman va bunday jumlalarni ishlatmayman. Ushbu tilda Tramp gapiradi va bu u haqida tasavvurlarni paydo qiladi. Barchaga tanish prinsip mavjud: sen nimani so‘zlasang — o‘shasan. U shunchaki o‘zining kimligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu esa hech nimani o‘zgartirmadi. Trampning og‘zidan chiqqan bu kabi so‘zlar hech nimaga ta’sir ko‘rsata olmaydi”, — deydi Bashar Asad.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Sharqiy Gutada kimyoviy hujum amalga oshirilganidan so‘ng, Suriya yetakchisini “kimyoviy qurollar yordamida odamlarni o‘ldiradigan hayvon”, deb atagan edi. 14-aprel kuni AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya mamlakatda kimyoviy quroldan foydalanilgani sabab raketa zarbalarini amalga oshirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют