» » Janubiy Koreya prezidenti AQSh—KXDR sammitiga qo‘shilishi mumkinligi tasdiqlandi

Janubiy Koreya prezidenti AQSh—KXDR sammitiga qo‘shilishi mumkinligi tasdiqlandi


Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In Singapurda AQSh—KXDR sammiti o‘tkazilayotgan vaqtda u yerga tashrif buyurishi va Koreya urushining rasman yakunlangani haqidagi kelishuvni imzolashi mumkin, deb yozadi “Kommersant” Janubiy Koreya yetakchisi ma’muriyatining rasmiy vakiliga tayanib.

“Tegishli taklifnoma kelib tushgach, biz safarga tayyorgarlikni boshlaymiz, ammo hozircha taklif bo‘lish-bo‘lmasligini aniq bilmaymiz”, — dedi u. Vakil ta’kidlashicha, ayni paytda ma’muriyat ehtimoliy uch tomonlama sammitga tayyorgarlik ko‘rmayapti.

Avvalroq “Ryonxap” agentligi Janubiy Koreya hukumatidagi yuqori mansabli manbasiga tayanib, Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan suhbatdan keyin, AQSh, KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida yuqori darajada uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishiga umid bildirgani haqida xabar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют