» » O‘zbekiston va Niderlandiya Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi Konvensiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida protokol imzoladi

O‘zbekiston va Niderlandiya Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi Konvensiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida protokol imzoladi


O‘zbekiston va Niderlandiya 6-fevral kuni 2001-yil 18-oktabrda tuzilgan Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risidagi davlatlararo konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi protokolni imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Hujjat Gaagada O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Niderlandiyaga tashrifi doirasida imzolandi.

Protokol orqali Bitimga soliq shaffofligi bo‘yicha xalqaro standartlarga mos keluvchi yangi qoidalar kiritiladi.

Shuningdek, tashrif doirasida Zutermer shahrida O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kirituvchi chet el kompaniyalari uchun soliq imtiyozlariga bag‘ishlangan maxsus taqdimot o‘tkazildi.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют