» » San-Fransiskoda metro farroshi bir yilda 271 ming dollar ishlab topdi

San-Fransiskoda metro farroshi bir yilda 271 ming dollar ishlab topdi


Transparent California tashkiloti Amerikaning San-Fransisko metrosi bekatlaridan birining farroshi yil davomida 270 ming dollardan ziyod pul ishlab topganini aniqladi, deb yozadi KTVU.

2015-yilda Pauell-strit bekatida tozalik uchun javobgar bo‘lgan Lyan Chjao Chjanning rasmiy maoshi qariyb 58 ming dollarni tashkil etgan. Shuningdek, u xizmat vaqtidan tashqari vaqtda bajargan ishlari uchun 162 ming dollardan ortiq to‘lov olgan. Bonus va mukofot pullarini hisobga olganda, farrosh 271 243 dollar ishlab topgan.

Hujjatlarga ko‘ra, Chjan ishga har kuni, shu jumladan, dam olish, bayram kunlari va ta’til vaqtida ham kelgan. Ish kunining o‘rtacha davomiyligi 17 soatni tashkil etgan.

San-Fransisko tezyurar poyezdlar tizimining tashuvlar bo‘yicha direktori Pauell-strit bekati boshpanasiz kishilarga xush kelgani uchun bu yerda farroshlar uchun ish yetarlicha bo‘lishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Chjan o‘ziga topshirilgan ishlarning barchasini bajargan.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют