» » GM Uzbekistan Matiz avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

GM Uzbekistan Matiz avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda


2018-yilning iyul oyidan e’tiboran GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida Matiz rusumli avtomobillarni yig‘ish yakunlanadi. Bu haqda GM Uzbekistan AJ matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Ushbu qaror modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq hamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan holda qabul qilindi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.

GM Uzbekistan iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini bajarilishini va avtomobillarni tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilishini alohida ta’kidlaydi.

Ma’lumot uchun, Matiz avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan to‘rtinchi model bo‘lib, 2001-yil avgust oyidan yig‘ila boshlangan. 2004-yil dekabr oyida dvigatel hajmi 1 l bo‘lgan Matiz Best hamda avtomatik uzatma qutili modifikatsiyalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Matiz avtomobillari kichik hajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo‘lib, ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj Spark avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют