» » Sorosning butun dunyoni yangi inqiroz kutayotgani haqidagi fikrini Morgan Stanley rahbari “bema’nilik” deb atadi

Sorosning butun dunyoni yangi inqiroz kutayotgani haqidagi fikrini Morgan Stanley rahbari “bema’nilik” deb atadi


Morgan Stanley rahbari Jeyms Gorman amerikalik taniqli iqtisodchi Jorj Sorosning butun dunyoni inqiroz kutayotgani borasidagi bashoratini “bema’nilik” deb atadi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, Spot xabar berdi.

“To‘g‘risini aytganda, bu — bema’nilik. Menimcha, hech qanday ekzistensial xavf mavjud emas”, — deydi Gorman.

Gormanning fikricha, investorlar Italiyadagi inqiroz oqibatida yuzaga kelgan bozorlardagi to‘polonlarni va AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari daromadining 3 foizda tushib ketishini diqqat bilan kuzatishlari lozim. Biroq o‘n yillik obligatsiyalar o‘sishni va o‘z ortidan dollar qiymatining ko‘tarilishi davom etadi.

Gormanning so‘zlariga ko‘ra, daromad “aqlbovar qilmas darajada izchil” bo‘lgan Federal rezerv tizimi (FRT) harakatlari hisobiga ko‘tariladi. Uning baholashicha, FRT tayanch stavkasini joriy yilda to‘rt barobarga ko‘taradi. Bozorlarning holatlari mavjud muammolardan ogohlantirayotgan bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida Federal rezerv tizimi ishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin edi, biroq Gorman bularning barchasi sodir bo‘lmaydi deb hisoblamoqda.

Avvalroq Jorj Soros butun dunyoga ulkan iqtisodiy inqiroz xavf solayotgani haqida fikr bildirgan edi. U dollar kursining ko‘tarilishi, Eron bilan “yadroviy bitim”ning bekor qilishini va AQShning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro munosabatlarini yomonlashuvi jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют