» » Toshkentdagi Inha universiteti o‘z talabalari uchun koreys tili kurslarini ochdi

Toshkentdagi Inha universiteti o‘z talabalari uchun koreys tili kurslarini ochdi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2016—2017-akademik o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlab o‘zining talabalari uchun koreys tili kurslarini ochdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

IUT ma’muriyati tomonidan o‘zining talabalari uchun koreys tili kurslarini ochishiga asosiy sabablaridan biri sifatida IUT talabalaridan tushgan ko‘plab takliflarni ko‘rsatish mumkin.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasidagi Koreya elchixonasi hamda Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida amalga oshirildi. Yuqoridagi idoralar Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘quv materiallarini taqdim etdi, shuningdek, yaqin orada o‘quv jarayonini samarali ta’minlash uchun zamonaviy uskunalarni ham yetkazib beradi.

Hozirgi vaqtda koreys tili kurslari universitetning uchinchi bosqich talabalari uchun mavjud. 2017—2018-akademik o‘quv yilidan boshlab esa koreys tili bo‘yicha o‘quv dasturlari universitetning birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun ham ishlab chiqilib, tatbiq etilishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют