» » “Real” prezidenti Florentino Peres: Zidanning qaytishiga shubham yo‘q

“Real” prezidenti Florentino Peres: Zidanning qaytishiga shubham yo‘q


“Real” prezidenti Florentino Peres? jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning iste’fosi borasida fikr bildirdi.

“Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng bu kutilmagan qaror bo‘ldi. Bugun men, muxlislar, futbolchilar uchun o‘ta qayg‘uli kun. Zidan men uni ham o‘yinchi ham murabbiy sifatida jamoada ko‘rishni xohlaganimni yaxshi biladi. Men uning doim jamoada qolishini xohlagandim. Uni bunga ishontirishga harakat qildim. Ammo bu uning so‘nggi qarori ekanligini to‘g‘ri tushunaman. Men faqat unga bir narsani eslatishni xohlardim: bu klub — uning uyi va oilasi. Bu bizning xayrlashuvimiz bo‘lib qolishini istamayman, shuning uchun “ko‘rishguncha” deb qolaman. Zidanning qaytishiga shubham yo‘q”, — dedi Florentino Peres.

45 yoshli Zidan “Qirollik klubi”ni 2015/16-yilgi mavsumda qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogi, 2 marta Yevropa Superkubogi, 2 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga erishgan edi.

Zinedin ishlagan 3-yilda “Real” umumiy hisobda 9 ta sovringa ega chiqdi. Bu Zidandan avvalgi 6 murabbiyning 8 yil ichida qo‘lga kiritilgan sovrinlari bilan teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют