» » “O‘zavtosanoat” elektromobillar ustida ish olib boryapti. Bir oy ichida sinov uchun ikki elektrokar Toshkentga keltiriladi

“O‘zavtosanoat” elektromobillar ustida ish olib boryapti. Bir oy ichida sinov uchun ikki elektrokar Toshkentga keltiriladi


“O‘zavtosanoat” kompaniyasida tashkil etilgan maxsus guruh elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil ustida ish olib bormoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Umidjon Salimov 31-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Salimovning ma’lum qilishicha, bir oy ichida Toshkentga Chevrolet Bolt elektrokari va Xitoyning JAC avtokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektromobil keltirilishi kutilmoqda. Ikki avtomobil butun O‘zbekiston bo‘ylab — Andijondan tortib Qoraqalpog‘istongacha bo‘lgan yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi.

“Biz maxsus guruh tashkil etganmiz. Toshkentdagi Turin universiteti huzurida tashkil etilgan UzAuto Innovation Center innovatsiya markazi elektromobillarni tatbiq etish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etishni masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Biz uchun bu yangi yo‘nalish va biz bu bo‘yicha ishlayapmiz”, — deya ma’lum qilgan “O‘zavtosanoat” rahbari elektromobillar avtomobilsozlik kelajagi ekanini alohida qayd etdi.

Umidjon Salimovning qayd etishicha, yaqin ikki oyi ichida O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

“Elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyatli hamkorlar bilan bo‘lajak tegishli muzokaralar esa, katta ehtimol bilan, yarim yil ichida yakuniga yetadi. Chunki ‘O‘zavtosanoat’ning hozirgi hamkorlarining deyarli barchasi elektromobillar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Umidjon Salimov.

“O‘zavtosanoat” rahbari elektrda harakatlanuvchi transport vositalari faqat elektrokarlar bilan cheklanib qolmasligiga alohida urg‘u berib, kelajakda O‘zbekistonda elektrovelosipedlar, elektromopedlar, elektroavtobuslar ham ishlab chiqarilishi mumkinligi ishora qildi.

Ma’lum qilishlaricha, elektromobillar uchun zarur infratuzilmani yaratish masalasi “O‘zavtosanoat”ning “O‘zbekenergo” kompaniyasi bilan muhokama mavzusidir.

“Bu juda murakkab masala. Bunga hozir birdan javob berish juda og‘ir. Ishlab chiqaruvchi sifatida aytishim mumkin bo‘lgani — biz elektromobillar ishlab chiqarish masalasi ustida hozirdanoq ishlayapmiz”, — dedi “O‘zavtosanoat” rahbari Umidjon Salimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют