» » GM Uzbekistan’ning Asakadagi avtozavodi yil oxirigacha to‘liq “O‘zavtosanoat”niki bo‘ladi. Avtozavod nomi o‘zgaradi

GM Uzbekistan’ning Asakadagi avtozavodi yil oxirigacha to‘liq “O‘zavtosanoat”niki bo‘ladi. Avtozavod nomi o‘zgaradi


“O‘zavtosanoat” kompaniyasi hozirgi vaqtda GM Uzbekistan’ning 90 foiz aksiyasiga egalik qilmoqda, yaqin bir yil ichida Toshkentdagi motor zavodi aksiyalarini sotib olish boshlanadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov 31-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“GM Uzbekistan’ning bosh zavodi aksiyalarini hukumat qarori bilan sotib olyapmiz. Hozirgi vaqtda sotib olinmagan faqat 10 foiz aksiya qolgan, u ham belgilangan jadval asosida yil oxirigacha sotib olinadi. Yil oxirida esa zavod nomini o‘zgartirishni rejalashtiryapmiz. Yangi bir nom beriladi”, — dedi “O‘zavtosanoat” rahbari.

Qayd etishlaricha, Asakadagi zavod quvvatlaridan foydalanish bo‘yicha hozirgi vaqtda Yevropadagi ishlab chiqaruvchilar (ular orasida Volkswagen ham bor), Xitoydagi ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, Janubiy Koreyadagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Mavzuga doir: “O‘zavtosanoat” elektromobillar ustida ish olib boryapti. Bir oy ichida sinov uchun ikki elektrokar Toshkentga keltiriladi

O‘z navbatida, General Motors bilan hamkorlikda Toshkentda qurilgan motor zavodi — GM Powertrain Uzbekistan zavodi bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

“Bu korxonada General Motors’ning ulushi 70 foizdan ortiq. Ushbu zavod bo‘yicha muzokaralarda muhokama qilinishi kerak bo‘lgan bir-ikki masala qolgan. Shulardan biri — zavod quvvatlaridan General Motors’nikidan boshqa muqobil motorlarni ishlab chiqarishda ham foydalanish. Uch oy ichida muzokaralar yakunlanishi, shundan so‘ng zavod aksiyalarini sotib olishga kirishish kutilmoqda”, — dedi Salimov.

Mavzuga doir: Toshkentdagi Turin politexnika universiteti haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobil loyihasini tayyorlayapti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют