» » Daniya parlamenti yuzni yopuvchi bosh kiyimlarini taqiqlash uchun ovoz berdi

Daniya parlamenti yuzni yopuvchi bosh kiyimlarini taqiqlash uchun ovoz berdi


Daniya parlamenti hukumatning jamoat joylarida yuzni yopuvchi bosh kiyim kiyishni taqiqlash taklifiga ovoz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Xabar qilinishicha, taklifni 75 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 30 nafar deputat esa qarshi ovoz bergan. Taqiq joriy yilning 1-avgustidan kuchga kiradi.

Taqiqni birinchi marta buzganlik uchun ming Daniya kronasi (157 dollar) miqdorida jarima solish taklif qilingan. Takroriy buzishlarda jarimaning eng maksimal miqdori o‘n ming kronagacha (1568 dollar) bo‘lishi mumkin. Istisno sifatida maskaradlardagi niqoblar, ish niqoblari, shuningdek, sovuq havoda yuzni himoya qiluvchi kiyimlar taqiqqa tushmasligi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют