» » BMT 20 yil ichida 115 ming askar bolalarni demobilizatsiya qilishga yordam berdi

BMT 20 yil ichida 115 ming askar bolalarni demobilizatsiya qilishga yordam berdi


So‘nggi 20 yil davomida BMT, hukumatlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari harakatlari sharofati bilan, qurolli nizolarning 115 ming nafar voyaga yetmagan ishtirokchilari demobilizatsiya qilindi (harbiy xizmatdan bo‘shatildi). Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik Bosh Assambleyaning bolalar va qurolli nizolar muammosiga bag‘ishlangan 51/77 rezolyutsiyasi qabul qilinganiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘payib borayotgan nizolar bolalarni katta xavf ostiga qo‘yadi, va ularni zo‘ravonlikdan to‘liq himoya qilishning yagona usuli — bu inqirozlar yuzaga kelishi oldini olish. Qurolli nizolar oldini olish imkoni bo‘lmagan hollarda, bolalar uchun maksimal darajada qulay sharoitlar, shu jumladan, ta’lim olish imkoniyati yaratilishi kerak, dedi Dyujarrik.

BMT qurolli nizolar sharoitlarida bolalarga nisbatan amalga oshiriladigan eng jiddiy jinoyatlarni oltita turga bo‘lib ko‘rsatdi, bular — o‘ldirish yoki majruh qilish, jinsiy zo‘ravonlik, o‘g‘irlash, jangovar harakatlarga jalb etish, maktab va kasalxonalarga hujumlar, shuningdek, gumanitar yordam berishdan bosh tortish.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют