» » Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan kitob-albom nashr etiladi

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan kitob-albom nashr etiladi


31-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albom nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Farmonga ko‘ra, o‘zbek xalqining 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasini tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatish, fashizmga qarshi janglarda qatnashgan o‘zbekistonliklar nomini abadiylashtirish maqsadida ushbu tarixiy voqeaning 2020-yilda nishonlanadigan 75 yilligiga bag‘ishlangan kitob-albomni tayyorlash va nashr etish haqidagi taklif ma’qullangan.

Kitob-albomni tayyorlash va nashr etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzilishi va uning asosiy vazifalari belgilandi. Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari qatoriga:

Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan mardlik va jasorat, g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi haqida tarixiy haqiqatni tiklash va uni kelgusi avlodlarga yetkazish;

respublika va xorijiy mamlakatlardagi arxiv va muzeylarda saqlanayotgan mavzuga oid tarixiy hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

Ikkinchi jahon urushi davrida frontda qatnashgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan o‘zbekistonliklardan ularning xotiralarini yozib olish, shaxsiy albom va kutubxonalarida saqlanayotgan tarixiy materiallarni to‘plash;

aholining shaxsiy kutubxonalarida saqlanayotgan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, o‘sha davrga oid noyob suratlarni to‘plash va nashrga tayyorlash;

urush yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli, mamlakatga ko‘chirib keltirilgan hamda yangi qurilgan zavod va fabrikalar haqida ma’lumotlar yig‘ish va boshqalar kiritildi.

Tashkiliy qo‘mitaga kitob-albomni yuqori saviyada tayyorlash va nashr etish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislarini, ekspertlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etish huquqi berildi.

Kitob-albomni tayyorlash va nashr etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют