» » Futbolchi Anzur Ismoilovning marokashlik ayoli, ularning muhabbat tarixi va O‘zbekistonning ikkinchi vatanga aylanishi haqida

Futbolchi Anzur Ismoilovning marokashlik ayoli, ularning muhabbat tarixi va O‘zbekistonning ikkinchi vatanga aylanishi haqida


Futbolchining ayoli bo‘lish osonmi? “Sports.uz” jurnalisti Zemfira Yablokova Xitoyning “Chanchun Yatay” futbol klubida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Anzur Ismoilovning rafiqasi bilan yaqindan tanishib, bu savolga javob topishga urinib ko‘rdi.

“Ismim Soukaina. Marokashda tug‘ilganman. Anzur bilan tanishgunimga qadar Xitoyning Hainan Airlines aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlardim”, — deb gap boshlagan Ismoilovning ayoli. Samimiy suhbatning qolgan qismini baxtli ayolning tilidan o‘qishingiz mumkin.

Bu 2011-yilgi voqea. O‘shanda Chanchundan Pekinga uchgan reysda xizmat qilgandim. Anzur esa yo‘lovchilar orasida edi. Kutilmaganda u muloyim ohangda telefon raqamimni so‘radi. Tabiiyki, iltimosini rad etdim. Duch kelgan odamga telefon raqamimni berib ketavermayman-ku, to‘g‘rimi?!

Oradan ikki oy o‘tib, samolyotda yana uchrashib qoldik. Anzur bu gal jamoasi bilan safarga yo‘l olayotgan ekan. U yana o‘sha iltimosini takrorladi, men esa qayta rad javobini berdim. Shunda Anzur agar uning xohishini bajarmasam, samolyotni boshiga ko‘tarib baqirishini aytdi. Vajohatidan so‘ng raqamlarni aytishdan boshqa choram qolmadi. O‘sha kuni kechga yaqin menga qo‘ng‘iroq qildi va shu tariqa o‘rtamizda muhabbat tarixi boshlandi.

2013-yilning 23-noyabrida nikohdan o‘tdik. To‘y Toshkentda bo‘ldi. Bungacha esa vatanim Marokashda, oila davrasida ham kichik bazm uyushtirgandik.

To‘g‘risini aytsam, futbolchi bilan turmush qurish tushimga ham kirmagandi (kuladi).

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

Birinchi uchrashuvda Anzur men uchun odatiy bir yo‘lovchi edi. Keyingi safar qarshimda futbolchi turganini sezdim. Chunki u jamoasi bilan birga edi.

Oilamizda hamma futbol o‘yinini yaxshi ko‘rardi. Yodimda, yoshligimda muhim o‘yinlarni oila davrasida berilib tomosha qilardik.

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

Bu ayni haqiqat. Ko‘pchilik futbolchining rafiqasi bo‘lish juda ajoyib deb o‘ylaydi. Ammo aslida bunday emas. Ba’zida juda alam qiladi odamga. Masalan, oilamizda biror tantana nishonlansa yoki farzandlarimiz tug‘ilgan kunida Anzur biz bilan birga bo‘lolmaydi. O‘zimning tug‘ilgan kunimni-ku, aytmay qo‘ya qolay (jilmayadi).

Ishonasizmi, hattoki, qizimiz dunyoga kelgan payt ham u yonimda bo‘lmagan. Anzur birinchi marta qizalog‘imizni qo‘liga olganida u 4 oylik chaqaloq edi. Shuni inobatga olib aytish mumkinki, hayotimiz uncha havas qilarli emas. Ammo shaxsan men sira nolimayman. Muhabbat doim qurbonliklar talab etadi.

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

Menda “futbolchi-dugonalar” talaygina. Ularning bari juda chiroyli, latofatli va mehmondo‘st. Misol uchun Yana Bikmayeva (Marat Bikmayevning ayoli) va Karina Kletskova (Aleksandr Kletskovning ayoli) bilan qalin dugonamiz. Shuningdek, Zamira Ahmedova (Odil Ahmedovning ayoli) bilan tez-tez ko‘rishib, suhbatlashib turamiz.

Dugonalar vaqti-vaqti bilan to‘planib, qaysidir tantanani nishonlashimiz, futbol uchrashuvlariga borishimiz yoki ta’til chog‘i birga hordiq chiqarishimiz mumkin. Ba’zida esa o‘zimiz kechki ovqat payti yig‘ilamiz va bir piyola choy ustida oson bo‘lmagan hayotimiz haqida hazillashib, kulishib o‘tiramiz.

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

Ikki farzandimiz bor: o‘g‘il va qiz. O‘g‘ilchamiz 4 yoshga to‘ldi, qizimiz esa 2 yashar.

Men uchun ularning qaysi kasbni tanlashi muhim emas, asosiysi — kelajakda yaxshi inson bo‘lib yetishishi. Turmush o‘rtog‘im, shubhasiz, o‘g‘limiz uning izidan borishini orzu qiladi. Biroq hammasi vaqt hukmiga havola. Bordi-yu u boshqa sohani tanlasa, bunga hech kim qarshilik qilmaydi.

Iloji topilsa, farzandlarim bilan stadionda boramiz. Bordi-yu, buning imkoni bo‘lmasa, televizor orqali tomosha qilish bilan cheklanaman. Umuman Anzurning o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Negaki bizning qo‘llab-quvvatlashimiz unga maydonda qo‘shimcha dadillik, ishonch bag‘ishlashini bilaman.

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Negaki ular aslida Anzurning emas, futbol muxlisalari. Balki ishonmasligingiz mumkin, lekin men ko‘plab muxlisalar bilan yaqindan tanishman. O‘yinlar vaqti jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz. Xullas, mazkur masalada xavotirga o‘rin yo‘q: hammasi qat’iy nazoratim ostida (kuladi).

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

Biz avvaliga ingliz tilida muloqot qilardik. Bundan ikki yil muqaddam ruschada birorta so‘z aytolmasdim. Lekin do‘stlarim yordami bilan bu tilni tezda o‘zlashtirib oldim. Ya’ni, ularning hol-joniga qo‘ymay, tinmay savol beraverdim. Ular esa so‘zlarni qo‘shish, to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatishaverdi. Mana natijasi — hozir ruschada binoyidek gapiraman, yozaman.

Maqtanishga yo‘ymang-u, ammo o‘zi menda til o‘rganishga alohida iqtidor mavjuddek. Ruschadan tashqari arab, fransuz, ingliz, xitoy va ispan tillarida bemalol muloqot qilishim mumkin.

Xobbi bor. Men arabcha raqslar shaydosiman. O‘ylashimcha, har qanday sharq ayoli arabcha raqsni qoyillatishi lozim.

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

O, yoqqanda, qandoq?! O‘zbekiston — ayni ko‘nglimdagi maskan. Ayniqsa odamlarning oqko‘ngil va mehmondo‘stligiga ta’rif yo‘q. Ular istalgan lahzada ko‘makka tayyor.

O‘zbek xalqining insoniy fazilatlaridan shunchaki lol qoldim. Yana o‘zbek milliy taomlarini ham darrov yoqtirib qoldim. Misol uchun qozon-kabob va mantiga ishtaham baland. Palov esa tabiiyki, jonu-dilim.

Mentalitet tomonidan olib qarasak, bu yerdagi urf-odatlar o‘z yurtimdagiga juda o‘xshash va ularga moslashish qiyin kechmadi. Shu bois bo‘lsa kerak, O‘zbekistonga nisbatan tezda alohida muhabbat sezdim. Hozir bemalol aytishim mumkin — O‘zbekiston ikkinchi vatanim.

Ilgari faqat Marokash termasi tarafkashi edim. Endi tabiiyki, O‘zbekiston milliy jamoasiga ham alohida qayg‘uraman. Umid qilamanki, termamiz JCh—2018 da albatta ishtirok etadi. Buning uchun imkoniyat yetarli. O‘zbek futboli orzusini ro‘yobga chiqarish yo‘lida turmush o‘rtog‘im va uning sheriklariga omad yor bo‘lishini tilayman.

Soukaina, Anzur Ismoilovning ayoli

Опубликовано: admin (9-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют