» » Hindiston janubida Nipax virusidan o‘lganlar soni 16 taga yetdi

Hindiston janubida Nipax virusidan o‘lganlar soni 16 taga yetdi


Hindiston janubida Nipax virusi qurbonlari soni 16 taga yetdi. Bu haqda Hindustan Times gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Hindiston janubidagi Kerala shtatida 56 va 28 yoshdagi ikki kishi Nipax virusini yuqtirib olgan. Qurbonlarning ikkisi ham Kerala shtati Kojikoda shahridagi shifoxonalardan biriga olib kelingan.  Oradan biroz vaqt o‘tgach, ularning ahvoli yaxshilanishni boshlagan. Biroq keyinroq bemorlarning holati yana og‘irlashib, shifokorlar ularning hayotini qutqarib qola olmagan.

24-may, payshanba kuni Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Priti Sudan Nipax virusining Kerala shtatida qayd etilganini rasman e’lon qildi. Priti Sudan infeksiya mahalliy xarakterga ega ekani va shifokorlar uning yoyilishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan. Bu vaqtda 11 kishining o‘limi rasman tasdiqlangan edi. Ular orasida bemorlarga qaragan hamshira ham bo‘lgan. Bir necha kundan keyin Kerala shtatida virus bilan zararlanishning yangi holati qayd etilib, natijada hafta ichida qurbonlar soni yana beshtaga ortgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga qaraganda, Nipax virusi 1998-yilda Malayziyadagi Kampung Sungay Nipax qishlog‘ida aniqlangan. O‘shanda virus tashuvchilari cho‘chqalar bo‘lgan. 2004-yili Bangladeshda ommaviy zararlanish holati kuzatilgan. Virus palma sharbati orqali tarqalgan. Keyinchalik Hindistondagi kasalxonalardan birida virusning odamdan odamga o‘tishi qayd qilingan.

Bugungi kunda na odamlar, na hayvonlar uchun virusdan vaksina ishlab chiqilmagan. Virus bilan zararlanish holatlarining 70 foizida kasallik o‘lim bilan yakun topadi.

Avvalroq, Hindistonda odamning o‘limiga olib keladigan darajada xavfli infeksiya qayd etilgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют