» » Navoiy viloyatida pilla klaster usulida yetishti­rilmoqda

Navoiy viloyatida pilla klaster usulida yetishti­rilmoqda


Navoiy viloyatida pillachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Jumladan, mavjud tutzorlar kengaytirilib, ko‘chatlar safi to‘l­dirildi, deya xabar beradi O‘zA.

Pilla klaster usulida yetishti­rilmoqda. “Karmana pilla xazinasi”, “Na­voiy ipak qurti urug‘i”, “Karmana Al-Aziz ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hamda “Xatirchi pilla xa­zinasi” xususiy korxonasi bu borada ijobiy natijalarga erishmoqda.

— Sohada tajribaga ega qator fermer va oilaviy xo‘jaliklar pilla parvarishidek juda nozik ishni yaku­niga yetkazib, yetishtirilgan hosilni buyurtmachilarga yet­kazib bermoqda, — deydi “Navoiy hu­dudiy agropilla” mas’­uliyati cheklangan jamiyati bosh agronomi X.Ochilov. — Ipak qurti par­­va­rishida ularga yetakchi mutaxassislarimiz yaqindan ko‘maklashdi. Natijada hosildorlik ortdi. Ayni kungacha tarqatilgan 1135 quti ipak qurtining hosili terilib, korxonalarga 63,3 tonna pilla topshirildi. Uning bir qismi eng sifatli nav — urug‘­lik uchun saralandi. O‘rtacha hosildorlik bir qutidan 56 kilogrammni tashkil etmoqda.

Karmana tumanidagi “Sevoltepa ravnaqi”, Qiziltepa tumanidagi “Nigorabonu Sevaraxon”, “Ahmad Namoz”, Navbahor tumanidagi “Qahhor Said” fermer xo‘jalik­lari pil­la­korlari belgilangan rejani ortig‘i bi­lan bajardi.

Viloyatda pilla topshirish davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют