» » Marg‘ilonda fuqaroning qarzdorligini yo‘qotish evaziga pora olgan “Suvoqava” hisobchisiga jazo tayinlandi

Marg‘ilonda fuqaroning qarzdorligini yo‘qotish evaziga pora olgan “Suvoqava” hisobchisiga jazo tayinlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan “Suvoqava” davlat unitar korxonasi Marg‘ilon shahar bo‘limi binosida navbatdagi sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Sayyor sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 211-moddasi 1-qismi bilan ayblangan mazkur korxonaning sobiq hisobchisi F. P. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida F. P. korxona hisobchisi lavozimida ishlagan vaqtida xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro K. Hakimovning suv iste’molidan bo‘lgan 1550000 so‘m qarzini yo‘q qilib berish evaziga 900000 so‘m pora olayotganida ushlangani ma’lum qilindi.

Sayyor sudda sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglandi. Sudlanuvchi ishlab kelgan korxona rahbariyati va xodimlarining fikri eshitildi.

Sud yakunida F. P. ga muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish va jarima jazolari tayinlanib, ularning har birini alohida o‘tash lozimligi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют