» » O‘zbekistonda 2017-yili Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar uchun 50 mlrd so‘m sarflandi

O‘zbekistonda 2017-yili Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar uchun 50 mlrd so‘m sarflandi


Parlament quyi palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhining yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2017-yil hamda 2018-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha hisoboti muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilganidek, 2017-yilda davlat budjeti daromadlari 49 trillion 681 milliard so‘mni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 21 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, daromadlarning bir maromda tushishi hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash orqali davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilishi ta’minlangan.

Davlat budjetining 2017-yildagi ijrosida atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflangan jami xarajatlar miqdori 966,6 milliard so‘mni tashkil etdi. Xususan, hisobot davrida Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar uchun 50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari 189,9 milliard, jami xarajatlari 123,5 milliard so‘mni tashkil qilgan. Dastur doirasida amalga oshirilgan xarajatlar Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitini yaxshilash va sifatini oshirishga yo‘naltirilganligi bilan ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, 2018-yilning I choragida davlat budjeti hisobidan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari uchun 112 milliard so‘m sarflangan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 15,6 milliard so‘mga kamaygan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan hududlarda sanitar-tozalash xizmatini ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida tasdiqlangan dastur doirasida chiqindi poligonlarni tartibga keltirish, assenizator maxsus texnikasi, chiqindini elovchi elektromexanik uskunalar xarid qilish, chiqindi yig‘ish shoxobchalari qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash nazarda tutilgan. Hisobot davrida ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 91,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini yaxshilash va ekologik muammolarni hal etish uchun davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli, samarali foydalanish hamda byudjet intizomiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, tabiiy resurslardan foydalanishga qaratilgan dasturlarning davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan chora-tadbirlar ijrosini to‘la ta’minlash yuzasidan fikrlar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют