» » Reklamasida Morgan Friman obrazidan noqonuniy foydalangani uchun Siroj Abdullayevning “Daydi” filmi premyerasi to‘xtatib qo‘yildi

Reklamasida Morgan Friman obrazidan noqonuniy foydalangani uchun Siroj Abdullayevning “Daydi” filmi premyerasi to‘xtatib qo‘yildi


2017-yilning 11-fevralida O‘zbekiston kinoteatrlari ekranlariga chiqishi kutilgan Siroj Abdullayev rejissorligida suratga olingan “Daydi” filmi premyerasi to‘xtatib qo‘yildi. Bunga asosiy sabab “TIMUR FILM” MChJ tomonidan suratga olingan badiiy filmning jamoatchilik orasida targ‘ibot qilishda bir qator qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Filmning treylerlaridan biri 2017-yilning 21-yanvarida “Mover” videoxostingiga joylashtirilgan edi.

Filmning treylerida mashhur kinoaktyor Morgan Frimanning Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyalik kinoijodkorlar tomonidan 2014-yilda ishlab chiqarilgan Last Knights (“So‘nggi ritsarlar”) filmida suratga tushgandagi qiyofasi aks ettirilgan. Ammo Gollivud aktyori Siroj Abdullayevning ushbu filmida ishtirok etmagan.

Film ijodkorlari tomoshabinlarning filmga nisbatan qiziqishi va talabini kuchaytirish maqsadida mashhur kino yulduzini filmda suratga tushganligini bildiruvchi yolg‘on (chalg‘ituvchi) ma’lumotlar tarqatib, iste’molchilarning (tomoshabinlar) huquqlarini poymol qilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi talabiga ko‘ra ishlab chiqaruvchi iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovarlar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Qonunning 23-moddasida davlat iste’molchilarning tovar sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi belgilangan.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, “TIMUR FILM” MChJ studiyasi “Daydi” filmida bir qator xorijiy filmlardagi kadrlardan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi talabini buzgan. Vaholanki, Qonunning ushbu moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar muayyan asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.

Shulardan kelib chiqib, ushbu holatlar bo‘yicha Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga hamda Intellektual mulk agentligiga rasmiy taqdimnoma kiritildi.

Qayd etilgan masalalar mazkur davlat idoralari tomonidan ko‘rib chiqilguniga qadar “Daydi” filmini kinoteatrlarda taqdimotini o‘tkazish va keng namoyish qilishni to‘xtatib turish ko‘rsatmasi berildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют