» » Ishtixonda 82 yoshli otaxonning uyidan 56 kg ko‘knori topildi

Ishtixonda 82 yoshli otaxonning uyidan 56 kg ko‘knori topildi


Samarqand viloyat IIB xodimlari Ishtixon tumanida 82 yoshli otaxonning uyida 56 kilogramm giyohvandlik moddasi saqlanayotganini aniqladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qayd qilinishicha, viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Qora dori—2018” tadbiri davomida Ishtixon tumani, “Barlos” MFYga qarashli Hasan-Husan qishlog‘ida yashovchi, 1936-yilda tug‘ilgan fuqaro A.S.ning uyi va tomorqasi ko‘zdan kechirildi.

Otaxon uzumzorining 33 kvadrat metr maydonida jami 375 tup ko‘knori ekib, parvarishlab kelayotganligi, shuningdek, uyi va og‘ilxonasining chordoqlarida yoyib, quritilayotgan jami 56 kilogramm ko‘knori borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют