» » O‘zbekiston 2017-yilda 26,8 ming yengil avtomobil eksport qildi

O‘zbekiston 2017-yilda 26,8 ming yengil avtomobil eksport qildi


O‘tgan yili GM Uzbekistan 140 ming 247 dona avtomobil ishlab chiqargan bo‘lib, 2016-yil bilan taqqoslaganda o‘sish hajmi 59 foizni tashkil etdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi O‘zA.

Samarqand avtomobil zavodida o‘tgan yilda 3,6 ming yuk avtomobili va avtobus ishlab chiqarildi. O‘sish hajmi 5,5 foizni tashkil etdin. JV MAN Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasida esa 1,2 ming yuk avtomobili va avtobus ishlab chiqarildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ichki ehtiyojdan tashqari xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

— 2017-yili 26,8 ming yengil avtomobilni eksport qildik, — deydi “O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari A.Musayev. — Mashinalarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilmoqda. Bu mamlakatda Ravon Nexia R3 eng ommabop va xaridorgir avtomobillar sirasiga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют