» » Andijonning Baliqchi tumanidagi holat: qishloqda gaz balloni — hayot-mamot masalasi

Andijonning Baliqchi tumanidagi holat: qishloqda gaz balloni — hayot-mamot masalasi


Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi 29-maydan boshlab 65 ta mahallani o‘rganish ishlarini olib bormoqda, deb yozadi O‘zA.

Jumladan, Respublika 5-ishchi guruhi birinchi kuni “O‘lmas” mahallasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini o‘rgandi. Mahallada 2331 nafar aholi va 435 ta xonadon bo‘lib, 86 nafar uzoq muddatga xorijga chiqib ketganlar mavjud.

Tabiiy gaz quvuri “O‘lmas” mahallasiga kelmagan. O‘rganishlar chog‘ida 89 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlariga ehtiyoj borligi, 21 nafar fuqaro bank kreditlarini olish istagini bildirdi.

– 1999-yilda bu yerdagi yangi uylarga ko‘chib chiqqanmiz, — deydi “O‘lmas” MFY “Hayot yo‘li” ko‘chasi 73-uyda yashovchi Muazzam Mamarahimova. – Ishchi guruhi kirgach qator muammolarni o‘rtaga qo‘ydik. Elektr qishda bo‘lmaydi, kuchlanish juda past, simyog‘ochlar eski, elektr simlari esa eskirib ketgan. Asosiy istagim gaz balloni bo‘ldi. To‘g‘ri, kichkina gaz ballonimiz bor. Ammo uni imtiyozli narxda to‘ldirib berish uchun qabul qilishmaydi. Ko‘chadan 33 ming so‘mga to‘ldirib kelayapmiz, qo‘shimchasiga yo‘l haqiga 10 ming so‘m berayapmiz. Katta gaz ballonlar bozorda 300 ming sotilmoqda. Bunga qurbimiz yetmaydi. Katta ballonlarni har birini 18 mingdan mahalla fuqarolar yig‘ini yig‘ib, gaz idorasi orqali to‘ldirib beradi va ikki oyga yetadi. Oilada 5 ta jonmiz. 3 ta farzandim bor. Qizimni chiqardim. Erim Qozog‘iston va Rossiyaga borib keladi. Ammo chet elning ham haq berishi kamayib ketdi. May oyida 205 ming so‘m topib keldi. Nima qilsak ham shu yerda qilishimiz kerak. 12 sotixli yerimga hozir kartoshka ekib qo‘yganmiz. Ammo kredit olib “parnik” qilmoqchi edim. Shuni ham ishchi guruhiga aytdim.

Muammolar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tuzildi hamda ijrosi Ishchi guruhlari tomonidan qat’iy nazoratga olingan va joyida hal qilish tamoyili asosida ishlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют