» » SamDUda o‘tkazilgan aprobatsiya testlari natijalari ma’lum bo‘ldi

SamDUda o‘tkazilgan aprobatsiya testlari natijalari ma’lum bo‘ldi


20-may kuni Samarqand davlat universiteti qoshidagi tayyorlov markazida abituriyentlar uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aprobatsiya-repititsion (DTM namunasida) test o‘tkazilgan edi. Mazkur test natijalari ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Zarnews.uz”.

Samarqand davlat universiteti qoshidagi tayyorlov markazidan ma’lum qilishlaricha, aprobatsiya testida jami 305 kishi qatnashgan.

Imtihon rus va o‘zbek tillarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha olindi. Abituriyentlar o‘z bilimlarini sinash imkoniga ega bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi testlarda avvalgidek 36 tadan emas, balki 30 tadan savol 3 blokda berildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, test savollari ilgarisidan soddaroq bo‘lgan.

O‘zbek guruhlari orasida yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘lga kiritilgan eng yuqori ballar quyidagicha bo‘ldi:

Texnika yo‘nalishi – 156,6 ball

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish – 149,5 ball

Tibbiyot yo‘nalishi – 140,4 ball

Iqtisodiyot yo‘nalishi – 139,5 ball

Ingliz filologiyasi yo‘nalishi – 134,9 ball

TATU yo‘nalishi – 123,4 ball

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi – 117 ball

O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi –  112 ball

Kimyo texnologiyasi yo‘nalishi –  111 ball

Geografiya yo‘nalishi – 90 ball

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi testlarda abituriyentlar uchala blokda maksimal 189 ball to‘plashi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют