» » O‘zbekistonda chet elliklardan vaqtinchalik propiska uchun javobgarlik olib tashlandi

O‘zbekistonda chet elliklardan vaqtinchalik propiska uchun javobgarlik olib tashlandi


O‘zbekiston hukumatining 29-maydagi qarori bilan mamlakatda bo‘lib turgan va joylashtirish vositalari, davolash muassasalari va boshqa turar joylarga joylashtirilgan chet el fuqarolariga nisbatan vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik bekor qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Endi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlar fuqarolari (mustaqil sayohat qilayotgan xorijliklardan tashqari) vaqtinchalik propiskasi uchun javobgarlik taklif qiluvchi yoki qabul qiluvchi shaxslar (turoperatorlar, joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati, shuningdek, turar joy egalari)ga yuklatiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, taklif qilgan yoki qabul qiluvchi shaxslar yaqin orada ishga tushiriladigan maxsus dastur orqali onlayn tarzda xabar qilish yoki ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilish yo‘li bilan chet el fuqarolarining vaqtinchalik propiskasini ta’minlaydi.

Vaqtinchalik propiska manzilga yetib kelinganidan keyin uch kun davomida (bayram va dam olish — yakshanba kuni hisobga olinmaydi) amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют