» » Avtotest’ning haydovchilar malakasini oshirish bo‘yicha alohida huquqi tugadi

Avtotest’ning haydovchilar malakasini oshirish bo‘yicha alohida huquqi tugadi


1-iyundan boshlab yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish bilan nodavlat ta’lim muassasalari va zarur litsenziyaga ega boshqa kompaniyalar ham shug‘ullanishi mumkin, deb yozadi Spot.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2018-yil fevralidagi “Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan edi.

Ushbu hujjatga muvofiq, 1-iyunga qadar yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish bilan shug‘ullanish bo‘yicha alohida huquq Avtotest Report MChJda va ustav fondidagi aksiyalarining kamida 51 foizi Avtotest Report MChJga tegishli bo‘lgan tashkilotlarda qolgan edi.

Malaka oshirish bilan bu kompaniyadan tashqari, “Vatanparvar”, “Toshshahartransxizmat”, “Transkasb” va Avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyati shug‘ullanib kelar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют