» » Sardor Umurzaqov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi

Sardor Umurzaqov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi


“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi o‘rnida tashkil etilgan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga hukumat qarori va uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan Sardor Umurzaqov tayinlandi.

Sardor Umurzaqov shu vaqtgacha “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan oldin esa O‘zbekiston bank tizimida va xorijda — Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London, Buyuk Britaniya) hamda moliya organlarida, hususan, Moliya vazirligi g‘aznachiligida rahbarlik lavozimlarida uzoq muddat ishlagan.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibiga charm, mo‘yna xomashyosi va junni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarni avtomatlashtirilgan holda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, butlovchi va ximikatlar, charm-attorlik mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar birlashgan.

Qonunchilikka muvofiq, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют