» » Litva va Ruminiya qiynoqqa solingan mahbuslarga kompensatsiya to‘laydi

Litva va Ruminiya qiynoqqa solingan mahbuslarga kompensatsiya to‘laydi


Strasburgdagi inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining Ruminiya va Litva hududida joylashgan maxfiy qamoqxonalarida mahbuslarning qiynoqlarga solingani to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ruminiya va Litva hukumatlari 2 ta mahbusga katta hajmda kompensatsiya to‘lab beradi. Mahbuslar hozirda Guantanamo qamoqxonasida saqlanmoqda, ular terrorizmda ayblangan.

Litvaga qarshi falastinlik Abu Zubayda nomi bilan mashhur Zayn al-Abidin Muhammad Husayn, Ruminiyaga qarshi esa Saudiya Arabistoni fuqarosi, asli Yamanda tug‘ilgan Abdul Rahim an-Nashiri arz qilgan. Sudyalar arzlarni asosli deb topib, 100 ming yevrodan kompensatsiya hamda sud xarajatlarini qoplash uchun 30 ming yevro to‘lashni belgilagan.

Avvalroq Abu Zubayda va an-Nashiri Polshaga qarshi ishni yutib chiqqan. Ularning 2011—2013-yillarda Polshadagi MRB maxfiy qamoqxonalarida qiynoqqa tutilgani isbotlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют