» » Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shossesi bo‘ylab qurilayotgan yer usti xalqa metro liniyasi loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shossesi bo‘ylab qurilayotgan yer usti xalqa metro liniyasi loyihalari bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mahtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Ohangaron shossesi, Parkent va Temur Malik ko‘chalari poytaxtning eng serqatnov yo‘llaridan. Toshkent mexanika zavodi hududi orqali Mahtumquli ko‘chasi qurilgach, ushbu yo‘llar chorrahasida transportlar harakati yanada ortdi.

Haydovchilarga qulaylik yaratish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bu yerda uch qavatli transport bog‘lamasi qurilishi rejalashtirilgan. Ohangaron shossesi va Parkent ko‘chasi yo‘nalishida tunnel, Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalari ko‘chalarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi ko‘zda tutilgan.

“Bu transport bog‘lamasini qurishdan maqsad — Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratyapmiz. Hozir faqat Chirchiq shahri orqali o‘tadigan yo‘l bor. Dam olish mavsumida tirband bo‘lib ketadi. Bu yangi yo‘l kelgusida katta yuklamani o‘ziga olib, transportlarning, jumladan, xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson yetib olishini ta’minlaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ko‘prik va tunnelda qatnov olti qatorli bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, barpo etiladigan yangi yo‘l Chorvoqqacha bo‘lgan masofani 22 kilometrga qisqartiradi.

Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shossesi bo‘ylab qurilayotgan yer usti xalqa metro liniyasiga doir loyihalar bilan ham tanishdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanishni boshladi. Birinchi bo‘lib yangi aeroport qurilishini borib ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют