» » Kanada AQSh tovarlariga javob bojlarini joriy etdi

Kanada AQSh tovarlariga javob bojlarini joriy etdi


Kanada AQSh tomonidan import qilinuvchi po‘lat va alyuminiylarga qo‘llanilayotgan bojga nisbatan o‘zining 16,6 milliard dollar qiymatiga teng bojlarini joriy etadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Xristya Friland ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga qaraganda, bojlar pivo bochkalariga, viskilar, hojatxona qog‘ozlari va soch bo‘yoqlari uchun joriy etildi. Rejalarga ko‘ra, tariflar 1-iyulga qadar amalda bo‘ladi.

“Bu Kanada tomonidan savdo borasida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon qabul qilingan eng jiddiy choralar hisoblanadi. Bu kuchli hamda proportsional javob va mutlaq o‘zarodir”, — deydi vazir.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Amerika tomonidan po‘lat va alyuminiyga joriy qilingan tariflarni “urush vaqtida amerikaliklar bilan yelkama-yelka turib jang qilgan kanadaliklar uchun haqorat” deb atadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют