» » Latviyada derazadan o‘zini tashlagan erkakni pastki qavatdagi qutqaruvchi oyog‘idan tutib qoldi (video)

Latviyada derazadan o‘zini tashlagan erkakni pastki qavatdagi qutqaruvchi oyog‘idan tutib qoldi (video)


Latviyada to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlagan odamni pastki qavatdagi qutqaruvchi derazadan qo‘lini chiqarib ushlab qoldi. Voqea aks etgan videoni Meduza taqdim qildi.

Mamlakatning yong‘in xavfsizligi va qutqaruv xizmati ma’lum berishicha, ularga bir kishining to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlamoqchi bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan xizmatchilar uyga kirmagan, chunki erkak ularni ko‘rib pastga sakrashi aniq edi. Ular boshqacharoq yo‘l tutgan: bir guruh qutqaruvchilar tomga chiqqan, boshqa bir guruh esa bir qavat pastdagi xonadonga kirgan. Ular erkak sakraydigan bo‘lsa, uni tutib olishni mo‘ljallagan. Darhaqiqat, erkak derazadan sakraganida qutqaruvchilar uni oyog‘idan tutishgan va ichkariga tortib olishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют