» » Toshkent Fotosuratlar uyida “Yer kurrasida—tinchlik” mavzusida badiiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

Toshkent Fotosuratlar uyida “Yer kurrasida—tinchlik” mavzusida badiiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi


“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida “Yer kurrasida—tinchlik” mavzusida tashkil etilgan badiiy ko‘rgazma bolalar ijodining eng yaxshi jihatlarini o‘zida namoyon etgani bilan ahamiyatlidir, deb yozadi O‘zA.

Toshkent Fotosuratlar uyida mazkur ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining ijod namunalaridan iborat ko‘rgazma hamda g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Har yili an’anaviy o‘tkaziluvchi ushbu ijodiy loyiha bolalarning iste’dodini kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ko‘rik-tanlovda maktabgacha ta’lim maskanlarining tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Tanlov jarayonida bolalarning tabiatni asrab-avaylash, oila, vatanga mehr, ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqi, do‘stlik, tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga doir tasavvurlari turfa va yorqin ranglarda samimiy, zavqli tarzda aks ettirilgan.

Ijodiy tanlov natijasiga ko‘ra, ishtirokchi bolalar uch yoshdan olti yoshgacha, yetti yoshdan 11 yoshgacha, 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan toifa asosida taqdirlandi. Shuningdek, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblarga sovg‘alar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют