» » GM Uzbekistan ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni Asaka avtomobil zavodiga taklif qildi

GM Uzbekistan ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni Asaka avtomobil zavodiga taklif qildi


GM Uzbekistan AJ Bolalarni himoya qilish munosabati bilan Asaka avtomobil zavodida ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun ijtimoiy xayriya tadbiri tashkil etdi. Bu haqda GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

“Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar shaharchasining tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarni O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan biri bo‘lgan zavoddagi avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish va bu orqali ularning kelgusida bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Bugungi kunda Asaka avtomobil zavodida Bolalar shaharchasining sobiq tarbiyalanuvchilari faoliyat yuritayotganiga guvoh bo‘lgan bolajonlarning bu yerda ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi”, — deyiladi xabarda.

Zavod rahbariyati bolalarni bayram bilan tabriklab, ularning kelajakda yuksak bilim cho‘qqilarini zabt etib, kelgusida o‘zlarining qatorlarida ko‘rishdan mamnun bo‘lishlarini izhor etdi.

Tadbir so‘nggida zavodning kichik mehmonlari uchun bayramona dasturxon hamda teatr tomoshasi tashkil etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют