» » GM Uzbekistan shu yilning o‘zida Chevrolet Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshlaydi

GM Uzbekistan shu yilning o‘zida Chevrolet Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshlaydi


GM Uzbekistan shu yilning o‘zida Chevrolet Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“O‘zavtosanoat” vakiliga ko‘ra, birinchi bosqichda avtomobil Toshkentdagi quvvatlar yordamida yig‘iladi. Kelgusi yildan boshlab esa Asakadagi avtomobil zavodida to‘laqonli seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.

Ishlab chiqarishning yillik hajmi bozordagi talabdan kelib chiqib belgilanishi bildirilmoqda.

Chevrolet Tracker 140 ot kuchiga ega 1,8 litrli dvigatel bilan jihozlanishi ko‘zda tutilmoqda. Yoqilg‘i xarajati 1 kilometrga 8,1 litrni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, mazkur avtomobil 2016-yilda o‘zbek avtomobilsozlari tomonidan murakkab sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgandi: Tracker Orol dengizigacha borib, so‘ng ortga, zavodga qaytib kelgan, sahrolar osha minglab chaqirim yo‘l bosgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют