» » Deputatlar Chimboy tumanida elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq muammolar aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ta’kidladi

Deputatlar Chimboy tumanida elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq muammolar aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ta’kidladi


2017-yil 8-fevral kuni selektor tarzida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi sessiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari tomonidan tumanda olib borilgan ishlar yakunlari muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator tashkiliy va amaliy ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Tumanda tadbirkorlik subyektlarining soni ko‘paymoqda. O‘z navbatida ularga hududdagi tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga sessiyada hali yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi ta’kidlandi. Tumandagi mutasaddi idoralar faoliyatida aholi bandiligi masalasiga yuzaki qarash, rasmiyatchilik kabi holatlar uchramoqda. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar dolzarb bo‘lib turibdi.

Fuqarolar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifati, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada yaxshilash, tibbiyot muassasalarini dori vositalari va dori-darmonlar bilan ta’minlashni yaxshilash lozimligi ta’kidladi.

Tumandagi aholiga savdo va maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish darajasi ham talab darajasida emas. Aholini elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlashda muammolar mavjud. Bu aholining e’tirozlariga olib kelmoqda.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini takomillashtirish, deputatlarni o‘z saylovchilari oldidagi mas’ulligini oshirish, partiya guruhlari, doimiy komissiyalarning tashabbuskorligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor berildi. Xususan, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalarni Kengash yig‘ilishlarida tizimli ravishda muhokama qilib borish, deputatlik nazoratini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют