» » “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postida 15 kg geroin ushlab qolindi

“Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postida 15 kg geroin ushlab qolindi


Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan O‘zbekistonda narkotik moddalarning davlat chegaralari orqali noqonuniy aylanishiga qarshi qaratilgan tezkor tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bojxona va davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari hamkorlikda 2018-yilning 31-may kuni “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan O‘zbekiston orqali tranzit tarzida o‘tayotgan yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, vagonlardan birining ostki qismida ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlarga joylashtirilgan temir qutilar xodimlarning diqqatini tortdi.

Kuchli magnit vositasi ko‘magida vagon ostiga mahkamlangan ushbu temir qutilar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ichiga polietillen o‘ramlarda 14 kilogramm 920 gramm og‘irlikdagi geroin giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют