» » Qurolli Kuchlar Akademiyasining ta’lim strategiyasida yangicha yondashuv qo‘llanilmoqda

Qurolli Kuchlar Akademiyasining ta’lim strategiyasida yangicha yondashuv qo‘llanilmoqda


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasiga Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim strategiyasi hamda umuman ta’lim tizimini taraqqiy ettirishda yetakchilik qilish topshirilgan. Bu haqda Qurolli kuchlar matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qurolli Kuchlar Akademiyasida ta’lim muhitining hozirgi holati uning jamoasi tomonidan ijodiy fikr yurita oladigan hamda boshqaruv, muhandislik-texnika, pedagogika va boshqa soha yo‘nalishlari lavozimlari iyerarxiyasida moslasha oladigan yuqori malakali ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha vazifalarni hal etish yo‘llari tanlanayotgani va jarayonga yangicha yondashilayotganini ko‘rsatmoqda.

Yuqoridagilarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy davlatlarning ofitser kadrlarni tayyorlash, turli ko‘rinishdagi mashg‘ulotlarning yakuniy natijalariga erishishning samarali shakl va usullarini o‘rganish, shuningdek, konferensiyalar, ilmiy-uslubiy seminarlar va “davra suhbatlari”ni o‘tkazish bo‘yicha tajribalarini puxta o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘quv auditoriyalarining zamonaviy multimedia va interfaol kompyuter texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangani, ta’lim oluvchilarning shaxsiy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlanganini hisobga olgan Qurolli Kuchlar Akademiyasi jamoasi, birinchi navbatda, ta’lim oluvchi tomonidan sifatli bilim olishiga qaratilgan ta’limning yangi shakl va uslublarini ishlab chiqdi.

Ofitser kadrlarni tayyorlash jarayonida mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, xorijiy mamlakatlarning harbiy-ta’lim va tadqiqot markazlari ekspertlari va mutaxassislarini Qurolli Kuchlar Akademiyasida dars o‘tishga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda bir qator kelishuv va memorandumlar imzolangan bo‘lib, birgalikda olib boriladigan ishlarning “Yo‘l xaritalari” amalga oshirilmoqda.

Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyatida pedagoglar tarkibining professionallik hamda uslubiy tayyorgarligiga alohida, birinchi darajali e’tibor qaratilgan. Ofitserlarni professor-o‘qituvchilar tarkibiga mansub lavozimlarga tanlov asosida saralash va tayinlash tizimi joriy etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют