» » Pekinda ShHTga a’zo davlatlar ommaviy axborot vositalarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Pekinda ShHTga a’zo davlatlar ommaviy axborot vositalarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi


Xitoy poytaxti Pekin shahrida 2018-yil 1-iyun kuni ShHTga a’zo davlatlar ommaviy axborot vositalarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Xitoy, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Eron, muloqot bo‘yicha hamkor-davlatlar Armaniston, Kambodja, Nepal, Ozarbayjon, Turkiya, Shri-Lanka singari 18 mamlakat axborot-kommunikatsiya sohasida vakolatli organlari hamda yetakchi OAV vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

“Media hamkorlikning yangi davri” mavzusida o‘tgan forumda XXR Davlat kengashi matbuot devonxonasi rahbari Szyan Szyango, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov hamda a’zo-davlatlar delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqdi. Kelasi hafta Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik jarayoni haqida axborot berildi.

Anjuman ishi “Media hamkorlik uchun yangi platforma yaratish, birgalikda rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish”, “Gumanitar aloqalarni mustahkamlash, xalqlar ma’naviy birligi” mavzularidagi sho‘ba yig‘ilishlarida davom etdi.

Forum doirasida ShHTga a’zo davlatlar axborot sohasidagi vakolatli organlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют