» » Farg‘onalik jurnalistlar “Muruvvat uyi”da tarbiyalanayotgan bolalarni yo‘qladi

Farg‘onalik jurnalistlar “Muruvvat uyi”da tarbiyalanayotgan bolalarni yo‘qladi


O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi vakillari hamda “Dono nashriyoti” jamoasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat uyi”da bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri xabar berdi.

Ular bolalarni bayram bilan tabriklab, televizor hamda “Olam aro”, “Bilimdon”, “Znayka”, “Dono vord” jurnallarining yangi sonlarini sovg‘a qildi. Bolajonlar bilan o‘tkazilgan viktorinada ular o‘zlari yod olgan she’r, badiy asarlardan parcha o‘qib berdi. G‘oliblar “Dono nashriyoti”ning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilariga uyushma homiyligida chop etilgan yangi kitoblarni topshirdi.

— “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari orasida kelgusida ommaviy axborot vositalarida ishlashga qiziqqanlar bor ekan. Biz ular bilan yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lganlarida alohida mashg‘ulotlar olib boramiz. “Dono nashriyoti” esa ularni bolalar jurnallarining yangi sonlari bilan bepul ta’minlab turadi, – deydi Muhammadjon Obidov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют