» » Andijon viloyatida ham beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Andijon viloyatida ham beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi


“Adolat” SDP Markaziy kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligidagi “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi ibratli tashabbus Andijonda ham o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish va fuqarolarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemor bolalar hayotini saqlab qolish maqsadiga qaratilgan aksiya andijonliklarni ham faollikka boshladi.

Beg‘araz qon topshirish, biron bir inson hayotini saqlab qolish savob ishlarning oliy ifodasidir. Shu sabab “adolatchilar” ertalabdan Andijon shahridagi viloyat qon quyish stansiyasiga keldi. Oqqon kasalligiga chalingan bemor bolalarni sog‘lomlashtirishda qonning o‘rni katta ekanligi sabab ular uchun hayot manbai berildi.

Shuningdek, aksiya doirasida joylarda “Sog‘lom farzand — sog‘lom kelajak” mavzusidagi davra suhbatlari o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют