» » Sog‘liqni saqlash vaziri: Xorijda ishlayotgan 10–15 nafar tajribali shifokor O‘zbekistonga qaytishga rozilik bildirdi

Sog‘liqni saqlash vaziri: Xorijda ishlayotgan 10–15 nafar tajribali shifokor O‘zbekistonga qaytishga rozilik bildirdi


“Xalq salomatligi: muammo va dolzarb vazifalar” mavzusida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot doirasida xorijdagi shifokorlarni mamlakatga qaytarish masalasiga Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov to‘xtalib o‘tdi.

2017-yil 5-yanvarda sog‘liqni saqlash sohasi yetakchi mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bergan topshiriqqa asosan, bugungi kungacha Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir nechta xorijdagi tajribali shifokorlar bilan ularni mamlakatga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Sog‘liqni saqlash vazirining ta’kidashicha, Norvegiya, Daniya, Kuvayt va Rossiyada faoliyat olib boruvchi kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, ortopediya, travmatologiya va jigar jarrohligi bo‘yicha mutaxassislar bilan muloqot olib borilgan. Ulardan 10–15 nafari tajribali shifokorlar joriy yilda mamlakatga qaytishga rozilik bildirdi.

Xorijdan qaytib keladigan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni uy-joy va munosib maosh bilan ta’minlash masalalari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot sohasidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomlarini tan olish (nostrifikatsiya) masalalarini ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют