» » Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori Bahrom Shokirovning virtual qabulxonasi ish boshladi

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori Bahrom Shokirovning virtual qabulxonasi ish boshladi


Davlat raqobat qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori Bahrom Shokirovning virtual qabulxonasi ish boshladi.

Aksiyadorlar, investorlar va boshqa taalluqli shaxslar buzilgan huquqlari, qonuniy manfaatlarini tiklash, aksiyador huquqini amalga oshirish va dividendlar to‘lanishi borasida qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktoriga yo‘llashi mumkin. 

Murojaatlarni markaz veb-sayti, saytda ko‘rsatilgan elektron pochta manzili yoki telefon raqami orqali qoldirish, shuningdek, “Ishonch telefoni”ga (+998 71 232-07-38) qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bahrom Shokirov yanvar oyi oxirida Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori etib tayinlangandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют