» » Yangiqo‘rg‘onda bayram munosabati bolalarga o‘quv qurollari to‘plamlari taqdim etildi

Yangiqo‘rg‘onda bayram munosabati bolalarga o‘quv qurollari to‘plamlari taqdim etildi


Yangiqo‘rg‘on tumanida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunidagi tadbirlar O‘zbekistondagi eng katta musiqiy favvoralardan biri joylashgan “Eko-park” hududida boshlandi. Bu yerda tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasi tashkil etildi, deya xabar beradi tuman hokimligi axborot xizmati.

Bog‘ maydonida “Ertaklar olamiga sayyohat” shiori ostida ertaklar, qo‘g‘irchoq teatridan ko‘rinishlar sahnalashtirildi. Asfaltda chizilgan rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Shundan so‘ng tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram konserti boshlandi. Unda bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan “Tovus”, “O‘zbek bolasi”, “Matryoshkalar”, “Qo‘g‘irchoq”, “Jodu” deb nomlangan, shuningdek, hindcha, gruzincha, italyancha raqslar ijro etildi. 3-MTMning jajji gimnastikachi qizlari davradagilarni abjirligi bilan lol qoldirdi.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan bola huquqlari sodda tilda va suratlar bilan aks ettirilgan flayerlar tarqatildi. Bolalar homiylar tomonidan muzqaymoq bilan siylandi.

17-bolalar musiqa va san’at maktabiga tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari — nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalarning 80 nafardan ortiq farzandi taklif etildi. Bu yerda ularning har biriga ta’lim xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan o‘quv qurollari to‘plamidan iborat sovg‘alar berildi. Ular uchun konsert dasturi uyushtirilib, bayram dasturxoni yozildi.

Bayram kunlari tumandagi 20- va 37-ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ham yo‘qlanib, ularga o‘yinchoqlar tarqatildi, tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsertlar uyushtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют