» » Yangi Zelandiyada sayyoh 100 metrli qoyadan yiqilib, omon qoldi

Yangi Zelandiyada sayyoh 100 metrli qoyadan yiqilib, omon qoldi


Yangi Zelandiyada qutqaruvchilar Tongariro tog‘ massivida daraga tushib ketgan britaniyalik ayolga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Sayyoh erta tongda yiqilib tushgan, o‘n daqiqadan keyin esa halokat haqida xabar berilgan. Qutqaruv xizmatiga jarga tushib ketgan ayolning dugonasi qo‘ng‘iroq qilgan. U tirik yoki yo‘qligi haqida dastlab bilishning imkoni bo‘lmagan, chunki u chaqiruvlarga javob bermagan.

Ma’lum bo‘lishicha, u hushidan ketgan bo‘lgan, o‘ziga kelganida esa dugonasi tomonga qichqirgan.

Jardagi ayol vertolyot yordamida chiqarib olingan, keyin unga birinchi yordam ko‘rsatilgan va Rotorua shahridagi kasalxonaga yuborilgan. Ayol 100 metr balandlikdan qulab, omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Hodisadan keyin politsiya bu hududga kelmoqchi bo‘lgan kishilarni to‘liq tayyorgarlik bilan kelish haqida ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют