» » OAV: Mosulni tark etishga uringan tinch aholi vakillaridan 45 nafari IShID jangarilari tomonidan o‘ldirildi

OAV: Mosulni tark etishga uringan tinch aholi vakillaridan 45 nafari IShID jangarilari tomonidan o‘ldirildi


G‘arbiy Mosulni tark etishga harakat qilgan tinch aholi vakillaridan kamida 45 nafari shu haftada IShID jangarilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning The Times nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Gazetaga ko‘ra, 40 kishi 6-fevral, dushanba kuni sharqiy Mosulga suzib o‘tmoqchi bo‘lganida o‘ldirilgan. Ertasiga yana 5 kishi shunday holatda jangarilar qurboni bo‘ldi. 

Terrorchilar tinch aholini o‘zlarining safiga kirishlariga majbur qilgan. Kishilar bundan qochish uchun  shaharning IShIDdan ozod etilgan sharqiy qismiga qochish harakatida bo‘lgan. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют