» » OAV: Botir Parpiyevning Soliq qo‘mitasidagi sobiq birinchi o‘rinbosari hibsga olingan

OAV: Botir Parpiyevning Soliq qo‘mitasidagi sobiq birinchi o‘rinbosari hibsga olingan


O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdusalom Yo‘ldoshev 28-may kuni qo‘lga olingan va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan biri orqali Toshkentga keltirilgan. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Ayni paytda 51 yoshli Abdusalom Yo‘ldoshev Davlat xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida ushlab turilibdi.

Joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan Abdusalom Yo‘ldoshev aynan qaysi jinoiy ish doirasida qo‘lga olingani noma’lum.

Yo‘ldoshev o‘z mehnat faoliyatining turli yillarida Andijon viloyati va Toshkent shahrida davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2012-yilning fevralida Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Abdusalom Yo‘ldoshev qo‘lga olinganidan bir kun o‘tib, 29-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Davlat soliq qo‘mitasi sobiq rahbari, 11-may kuni lavozimidan ozod qilingan Botir Parpiyev va u yetakchilik qilgan tizimdagi ahvol haqida gapirgan edi.

“Yana bir muhim masala — mahalliy budjetga tushum hajmi. Davlat soliq qo‘mitasi rahbarini (Botir Parpiyevni — tah.) almashtirganim bejiz emas, sababi — bizda soliq tizimi yo‘q. Hali ish ko‘p. Soliqda ham ko‘p o‘yinlar bo‘lgani, rahbariyati qanday ishlar bilan shug‘ullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz.

Soliqchining saviyasi yo‘q, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi. Shuning uchun bugun topshiriq berdim, tegishli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boshlash kerak — soliq tizimidagi Akademiyani ham, boshqasini ham. Quyi pog‘onadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korrupsiya bilan bog‘liq, mana shuni hamma bilishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

May oyining oxirida Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinayotgani, uning o‘zi esa statsionarga tushib qolgani xabar qilingandi.

2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan 72 yashar general Botir Parpiyev joriy yilning 11-mayida tomonidan o‘z vazifasidan bo‘shatilib, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют