» » Samarqand viloyatini obodonlashtirish uchun 50 million dollar ajratildi

Samarqand viloyatini obodonlashtirish uchun 50 million dollar ajratildi


Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev rahbarligida Samarqand turizm kollejida Sartepa maskani hududini ijtimoiy-muhandislik, yo‘l infratuzilmasi hamda ko‘p qavatli uy-joy fondini ta’mirlash va atrofini obodonlashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 16-martdagi qarori bilan tashkil etilgan “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi”ga 50 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Prezidentning 17—18-mart kunlari Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, viloyat hokimligi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan jami 334,4 milliard so‘mlik chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Ajratilgan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish uchun viloyat hokimligida bosh shtab hamda hududlarda 4 ta shtab tashkil etildi. Ular tomonidan bajarilayotgan ishlar ko‘lami va sifati “Mahalla” jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limlari faollari tomonidan nazorat qilib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют