» » Toshkent shahrida xalq ta’limi bo‘limi xodimi 400 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent shahrida xalq ta’limi bo‘limi xodimi 400 dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Toshkent shahrining Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimi firibgarlik yo‘li bilan pora olayotganda ushlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yil 29-may kuni IIVga murojaat qilgan fuqaro arizasi yuzasidan vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimi M.B. tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarodan o‘zi mas’ul bo‘lgan tuman hududidan jami 120 million so‘mlik kapital ta’mirlash ish hajmini hal qilib berish evaziga 400 dollar pul olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют